11:06 / 01.11.2017
8 208

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi
O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov.

Norovning maqolasi institutning Facebook’dagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

“O‘zbekiston diplomatiyasi bir yildan beri prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida barcha chegaradosh davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan siyosatni faol va bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etmoqda. Bu nafaqat turli darajalardagi davlatlararo aloqalarning ko‘payishi hamda kengayishi, balki Toshkentning qo‘shnilar bilan avvalgi ziddiyatlarni hal qilishda oqilona murosa yo‘lini qidirish bo‘yicha aniq kayfiyatida ham namoyon bo‘ladi”, - deya yozgan Vladimir Norov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shunisi e’tiborga molikki, O‘zbekiston rahbari so‘nggi oylar ichida barcha qo‘shni mamlakatlar yetakchilari bilan rasmiy, norasmiy hamda amaliy uchrashuvlarni o‘tkazdi.

“Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif amalga oshirildi. Tojikistonga tashrif tayyorlanmoqda”, - deya xabar bergan Norov.

Ta’kidlab o‘tish joizki, bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti sifatida Tojikistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi