08:36 / 02.11.2017
5 612

Samarqandda har oyning oxirgi shanbasi «Mahalla kuni» deb belgilandi

Samarqandda har oyning oxirgi shanbasi «Mahalla kuni» deb belgilandi
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni talablaridan kelib chiqib, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi, tuman va shaharlarda hududiy kengashlar tashkil etildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Viloyatdagi 1089 ta mahallaning barchasida «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlandi va ularning ijrosi boshlandi. «Xarita»da nafaqat iqtisodiy muammolarni hal qilish, balki madaniy-maishiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotni yaxshilash, odamlarning ertangi kunga, davlat hokimiyati organlariga ishonchini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Viloyatda joriy qilingan tartibga asosan, mahalla raisi ishni hududdagi bitta ko‘chani aylanib, yuzaga kelgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rishdan boshlaydi.

«Mahalla» xayriya jamoat fondi shahar (tuman) bo‘linmasi raisi har kuni bitta mahallada bo‘lib, fuqarolar yig‘inidagi ahvolni o‘rganadi. Viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi esa har kuni bitta shahar (tuman)dagi mahallada bo‘lib, mavjud ahvolni ko‘radi, «Yo‘l xaritasi» dasturi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Bundan tashqari, har bir mahalla raisi o‘z hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini ishbilarmonlikka o‘rgatishga ham mas’ul hisoblanadi. Ular avvalo o‘zi bitta issiqxona tashkil qilib, kredit asosida 10 tup limon, 100 bosh tovuq olishi, eng nochor oilalarni birlashtirib, kamida 5 ta ish o‘rni yaratishi belgilab qo‘yildi.

Bugun mahallalarda oqsoqollar boshchiligida bunday ishlar boshlangan. Birgina ushbu yo‘nalishda yil yakuniga qadar mahallalarda 4450 ta ish o‘rni yaratiladi.

Har oyning oxirgi shanbasi viloyatda «Mahalla kuni» deb belgilangan. Shu kuni barcha mahalla fuqarolar yig‘inida kengash yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Mazkur yig‘ilishlarda mahalla hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim vazifalar muhokama etiladi, davlat idoralari va tashkilotlar oldiga vazifalar qo‘yiladi, tegishli hisobotlar eshitiladi.

O‘tgan davr mobaynida mahallalarda mutasaddi rahbarlarning ikki martadan hisobotlari tinglandi. Ayni paytda viloyatdagi barcha fuqarolar yig‘inida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar — fuqarolar yig‘ini kengashlari a’zolari, hududga biriktirilgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining ro‘yxati shakllantirilgan, bu ro‘yxat mahalla markazi binosidagi qulay joylarga osib qo‘yilgan.

Viloyatda «Maslakdosh, yelkadosh, raqobatdosh» loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida bugungi kunda 16 shahar va tuman mahallalari soni va joylashuviga qarab 8 juftlikka bo‘lindi. Ular bir-birining faoliyatini kuzatib, o‘zaro tajriba almashib, musobaqadoshlik bilan ish olib bormoqda. Bu jarayonda aniqlangan muammolar viloyat kengashi ijro apparatida tahlil qilinib, tegishli «Yo‘l xaritasi» dasturlariga kiritiladi. Ijrosi ta’minlangan vazifalar esa dasturdan chiqarilib, «Yo‘l xarita»lari yangilanib boraveradi.

Mahallalarda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, notinch oilalar farzandlariga, profilaktik hisobda turgan yoshlarga «Nuroniylar jamoatchilik kengashlari» a’zolari biriktirilib, tarbiyaviy ishlar, ma’rifiy suhbatlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda har oyning oxirgi shanbasi «Mahalla kuni» deb belgilandi