O‘zbekiston bo‘ylab neft mahsulotlari, xususan benzin narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri manbasi tayanib xabar bermoqda.
Manbalarning aytishicha, iste’moldagi benzin bahosi ayni paytdagidan 30-35 foizga qimmatlashi mumkin. Shuningdek, dizel yoqilg‘isi narxi ham oshishi kutilmoqda. Benzin narxida mos ravishda o‘zgarish yuz bersa, uning bahosi AI-80 turining 1 litri uchun 3800 so‘m (hozirda 2800 so‘m) etib belgilanishi mumkin.
Bunday o‘zgarishga sentyabr oyida o‘tkazilgan erkin valyuta ayirboshlash amaliyotiga o‘tish sabab bo‘lishi mumkin. Negaki, transport-logistika uchun sarflanayotgan aksariyat neft va neft mahsulotlari O‘zbekistonga import qilinardi.
Endilikda xorijiy valyuta kursining barqaror narxga o‘zgarishi, neft mahsulotlariga nisbatan taqdim etilgan konvertatsiya imtiyozi samarasiz bo‘lishini anglatadi. Shu bilan neft va neft mahsulotlari importida ham narx o‘zgarishi yuz berishi tayin bo‘lgan. Masalaga oydinlik kiritish faqat vaqt va qarorni imzolashda qolgan, xolos.
Eslatib o‘tamiz, benzin narxi oxirgi marta bir yil muqaddam o‘zgargandi. 2016 yilning 23 oktyabrida O‘zbekistonda benzin narxi o‘rtacha uchdan biriga, 2075 so‘mdan 2800 so‘mga ko‘tarilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”