O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov O‘zbekiston Prezidentining Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘izistonning «Danaker» ordenini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘izistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atambayev noyabr oyida Shavkat Mirziyoyevni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Danaker» ordeni bilan mukofotlagan edi.
Qirg‘izistonning oliy mukofotlaridan bo‘lgan ushbu orden xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni saqlashga, ilm-fanni rivojlantirishga, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo‘shgan insonlarga beriladi. Ordenning orqa tomoni oltin bilan qoplangan.
«Qirg‘izlarda «Ikki kishi gunohkor bo‘lsa, bir kishi danaker» degan gap bor. Ya’ni ikki kishi o‘rtasidagi mojaroni hal etuvchi bir kishi bo‘ladi. Davlatimiz rahbariga bunday mukofot berilishi uning O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini ravnaq toptirish, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni kengaytirish yo‘lidagi xizmatlarining yuksak e’tirofidir», deyilgan xabarda.
Qirg‘izistonning ushbu davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar orasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Dmitriy Medvedev, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, jahonga mashhur violenchelchi Yo Yo Ma kabilar bor.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi