14 dekabr kuni XPKda bo‘lib o‘tgan sessiyada O‘zbekistonda o‘rtacha oylik daromad qancha ekaniga oydinlik kiritildi. Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Begalovga ko‘ra, shu yilning sentyabr oyi holatiga binoan respublikada o‘rtacha oylik daromad 1 mln 346 ming so‘mdir.
O‘zbekistonda bugungi kunda eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi. Viloyatda 3,7 mln kishi yashaydi. Ikkinchi o‘rindagi Farg‘ona viloyati 3,6 mln kishi, Qashqadaryo viloyati 3,1 mln fuqaroga ega.
Shu yilning sentyabr oyi holatiga binoan 1,3 mln o‘zbekistonlik xorijiy mamlakatlarda yashab, ishlayapti. Shu yilning yanvar-sentyabr oyida respublikada o‘rtacha oylik daromadi 1 mln 346 ming so‘mni (166,31 AQSh dollari) tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,3 foizga o‘sganini anglatadi.
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida jami 5421 ta korxona faoliyat yuritsa, shundan 3045 tasi qo‘shma korxonalar, 2376 tasi xorijiy kapital hisobiga barpo etilgan korxonalardir. Bunda asosan, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya davlatlari sarmoyadorlari yetakchi hisoblanadi.
O‘zbekiston eksport tarkibining 14,3 foizini energiya manbalari, 6,3 foizini qora va rangli metallurgiya, 6,5 foizini kimyo sanoati mahsulotlari, 6,5 foizini oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etadi. 3,4 foizi paxta, 2,6 foizi mashina va uskunalardan iborat.
O‘zbekistonda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari va 4,5 mln.dan ortiq dehqon yordamchi xo‘jaliklari faoliyat yuritib keladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"