7 928
O‘zbekistonda xorijiy uchta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilinadi
O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar uchun viza rejimini liberallashtirish uchun bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Polsha va Turkiya fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Fozilov G‘ayrat Senatning XIII yalpi majlisida qilgan nutqida gapirib o‘tgan, deb yozadi Kun.uz muxbiri.
Uning aytishicha, bunday imtiyozlarni yana boshqa 25 mamlakat fuqarolariga taqdim qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish va elektron vizalar tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari ishlab chiqilmoqda.
"Yakka va guruh bo‘lib keluvchi sayyohlar uchun viza olish talablari osonlashtirildi. O‘zbekistonga ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlandi", deb qo‘shimcha qilgan G‘ayrat G‘aniyevich.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi mobaynida 110 ming nafar chet el fuqarosiga sayyohlik vizalari berildi, bu ko‘rsatkich 2016 yilgi natijadan 34 foiz, yoki 81 mingdan ziyod kishiga ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi