14:00 / 30.12.2017
11 586

1 yanvardan soliq sohasida qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

1 yanvardan soliq sohasida qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?
1 yanvardan soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasida bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 iyuldagi Farmoni bilan quyidagilar belgilangan:

soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etiladi;

yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;

vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin;

o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi;

ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq to‘lovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi;

davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini 5 bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtinchalik to‘xtatib turish vakolati beriladi;

Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi;

soliq tekshiruvi ob’ektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi;

davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi bo‘yicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 yanvardan soliq sohasida qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?