18:20 / 11.01.2018
10 242

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza bekor qilinadi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza bekor qilinadi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga qilgan tashrifi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Tojikistonning “Aziya Plyus” agentligi o‘zining hukumatdagi manbasiga asoslanib, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yaqin orada “Fuqarolarning o‘zaro tashriflari to‘g‘risida”gi hujjat imzolanadi, deb xabar bermoqda. Bu hujjatga asosan har ikki davlat fuqarolari bir-birining hududida bir oy davomida vizasiz yurishi mumkin bo‘ladi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yaqin orada poyezd va avtobuslarda yo‘lovchi tashishni yo‘lga qo‘yadi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yangi o‘tish nazorat punktlari ochiladi.

Farhod GES bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan. Farhod GES joylashgan hudud Tojikiston hududi, deb tan olinadi, gidroenergetika ob’ekti esa O‘zbekistonnig mulki bo‘lib qoladi. Inshootni qo‘riqlash Tojikiston tomonidan amalga oshiriladi, texnik xizmat ko‘rsatish esa bilan O‘zbekiston shug‘ullanadi.

Agentlikning hukumatdagi manbasining ma’lumotiga ko‘ra, “10 yanvar kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston Hukumatlararo komissiyasining hamda ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Qo‘shma o‘zbek-tojik hukumatalararo komissiyaning majlisi ko‘pqirrali, samarali va sermahsul bo‘lgan”.

Bo‘lib o‘tgan majlisda ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishga oid yana ko‘plab masalalar ko‘rib chiqilgan.

Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, yuqorida keltirilgan davlatlararo va hukumatlararo bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil bahorning boshida Dushanbega amalga oshiradigan davlat tashrifi chog‘ida imzolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza bekor qilinadi