Samsung O‘zbekistonda 300 mln dollarlik piroliz zavodi quradi

Janubiy Koreyaning Samsung Engineering kompaniyasi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi negizida piroliz zavod qurilishida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.Bu haqda loyiha buyurtmachisi “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi vakiliga asoslanib “Kun” nashri xabar bermoqda.
Samsung va “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi Samsung’ning loyihada ishtirok etishi bo‘yicha memorandum imzoladilar, uning doirasida Janubiy Koreya kompaniyasi 2016 yilning apreligacha loyihani amalga oshirish bo‘yicha texnik taklifni tayyorlashi kerak, shundan keyin tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlarini ko‘rib chiqadilar. Ushbu memorandum Toshkentda 5-6 noyabrda Xalqaro investision anjuman doirasida imzolandi.
Zavod qurilishi aromatik uglevodorodlar – 30 ming tonna benzol, 20 ming tonna toluol va 5 ming tonna ksilol ishlab chiqaruvchi quvvatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun Ustyurt gaz-kimyo majmuasidan olinadigan piroliz distillyat xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Loyihani amalga oshirish muddati 3 yilni tashkil qiladi. Dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 300 mln dollarlik qiymatdagi loyiha Uz-Kor Gas Chemical korxonasi va O‘zbekiston tomonidan taqdim qilinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing