13 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha press-brifing muhokamasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda O‘zbekistonda «Fan to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinadi. Bu haqda xabar bergan Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov «O‘zbekiston Respublikasida Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilinishini ta’kidlab o‘tdi.
«Hozirgi holatda mamlakatda innovatsion sharoit qanday ekanini aniqlash, qaysi sohada innovatsion yondashuv kamligi o‘rganiladi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsion rivojlanishni tartibga solish mexanizmlari ham ko‘rib chiqilmoqda», deb fikr bildirdi vazir o‘rinbosari.
Muhokamada «davlat dasturida ko‘zlangan islohotlarning deyarli barchasi innovatsion yondashuv orqali amalga oshirilishini inobatga olib, vazirlik xalqaro tajribaga ega xorijiy konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani» ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi