O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 14-21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda vazirlikning Matbuot xizmatiga tayanib qalampir.uz.
O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi