O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 27 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -8 daraja, kunduzi -4 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -20 ... -15 daraja, kunduzi -12 ... -7 daraja sovuq bo‘ladi. Urganchda kechasi -17 ... -12, kunduzi -8 ... -3 darajasa sovishi kutilmoqda. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -10 ... -5 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)