Sindzo Abe AQSh harbiy aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini talab qilmoqda

Sindzo Abe AQSh harbiy aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini talab qilmoqda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokioga tashrif bilan kelayotgan AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensni Yaponiya hududida Amerika aviatsiyasi bilan bog‘liq hodisalarning ko‘p uchrayotgani munosabati bilan qat’iy choralar ko‘rishga chaqirish niyatida. Bu haqda hukumat rahbari 1 fevral kungi parlament quyi palatasi byudjet komissiyasi debatlarida ma’lum qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Amerika tomonini parvozlar xavfsizligiga maksimal e’tibor qaratishga chaqirishni istardik», — dedi bosh vazir Abe. Uning vitse-prezident Pens bilan muzokaralari 7 fevral kuni Tokioda bo‘lib o‘tadi.

2017 yilda Yaponiyada Amerika harbiy aviatsiyasining texnik muammolari bilan bog‘liq 25 ta hodisa qayd etilgan. Ularning soni o‘tgan yil bilan taqqoslaganda ikki barobar oshgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar