7 139
Turar joylar oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun davlat boji o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Qaror bilan uy-joylarning oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji ular joylashgan aholi hududiga qarab belgilandi. Bunda, viloyatlarning chekka tuman va shaharlaridagi uy-joylar uchun davlat boji 2 baravar arzonlashdi.
Bundan tashqari, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvlar, garov, ipoteka, lizing, kafillik, tekin foydalanish va qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji aniq va tushunarli miqdorlarda belgilandi.
Mazkur yangilik aholiga yengillik yaratish bilan birga, notarial idoralar xodimlari tomonidan boj to‘lovlarini ortiqcha hisoblash va undirish hamda boshqa korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin