08:30 / 18.02.2018
5 187

Samarqandda "Turizm inspektorlari" o‘z ishini boshladi

Самарқандда "Туризм инспекторлари" ўз ишини бошлади
Samarqand viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilib, 50 ga yaqin xodimlar ishga qabul qilingan.

Xodimlar safiga Samarqand davlat chet tillar institutini bitirayotgan, ingliz, fransuz, yapon, koreys va boshqa xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan hamda tariximiz, qadimiy obidalarimiz va milliy qadriyatlarimiz haqida bilimga ega bo‘lgan talabalar ham suhbat asosida qabul qilinmoqda.

Inspektorlar vazifasi nafaqat sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash, balki zarur bo‘lganda ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxona yoki mehmonxonaga yetkazish, adashib qolgan sayyohlarni izlayotgan manziliga kuzatib qo‘yish kabi ishlar ham kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda "Turizm inspektorlari" o‘z ishini boshladi