21:40 / 22.02.2018
5 038

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga BAAni ibrat qilib ko‘rsatdi (video)

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga BAAni ibrat qilib ko‘rsatdi (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni import hajmini qisqartirish va mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish ishlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturi reportajidan ma’lum bo‘lishicha, Prezident Buxoro viloyati misolida eksport ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha takliflarni o‘rtaga tashlagan. Bunda u Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ni namuna qilib keltirgan.

Buxoroga tashrifim vaqtida aytdim — 50 ming gektar maydonga gidroponika usulida sabzavot ekaylik. Ana shunda eksport ham bo‘ladi. Menga yangi-yangi takliflar kerak. 2 million gektar yer turibdi. Eng asosiysi, Buxoroning suvi bor.

Mana, BAAni olaylik — suvni chuchuklashtiradigan vositalarni ishlatib, jannat qilib yuborgan. Agar gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etsak, Buxoroning hozirgi kundagi butun daromadi bir tomon, bu issiqxonalardan tushadigan daromadi bir tomon bo‘ladi.

To‘g‘ri, bu og‘ir ish. Buxoroda bitta ham korxona yo‘q. Bu holda u yerdagi odamlarni qanday boqamiz? Ularni butun umr paxta yetishtirishga o‘rgatdik, shundan boshqa hech baloga o‘rgatmadik.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti


Ma’lumot uchun, gidroponika usulida meva-sabzavot yetishtirishda tuproq va go‘ngdan umuman foydalanilmaydi, mineral o‘g‘itlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi, suv 60—70 foizgacha iqtisod qilinadi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, gidroponika usulida ishlaydigan issiqxonalardagi hosildorlik oddiy issiqxonalardagiga nisbatan 2—2,5 barobarga ko‘p bo‘ladi. Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlarida shunday issiqxonalar tashkil etilishi haqida xabarlar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga BAAni ibrat qilib ko‘rsatdi (video)