5 156
Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi
2018 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Vazirlar uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlar va Markaziy Osiyodagi vaziyat muhokama qilinadi. Bu haqda “TASS”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Tashrif 2017 yil 4—5 aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi asnosida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar doirasida tashkil etilmoqda.
Tomonlar xalqaro vaziyat hamda Rossiya—O‘zbekiston tashqi siyosatining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar. Xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik haqida ma’lumot beradi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018—2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra,“O‘zbekistonning yuqori martabali delegatsiyasiga tarkibidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi Viktor Mahmudov ham o‘rin olgan”.
“Moskva Abdulaziz Komilovning tashrifi keng ko‘lamli sohalarda Rossiya—O‘zbekiston hamkorligini chuqurlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilishiga, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonadi”, — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?