
Rossiyaning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-na-Don shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.
“Sankt-Peterburgda bosh konsulxonamiz ochildi. 2017 yilda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda biz federatsiyaning yana 4 federal okrugida bosh konsulliklar ochish to‘g‘risida ish olib bordik. Rossiya hukumati qaroriga ko‘ra, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-na-Don shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Javlon Vahobov Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida O‘zbekiston konsulxonalari ochilishi haqida ma’lum qilgandi. Keyinroq Peterburgda bosh konsulxona ish boshladi.
Rossiyaning Moskva va Novosibirsk shaharlarida ham konsullik bo‘limlari mavjud.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar