00:43 / 28.02.2018
5 360

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga eksportni o‘ylamaydigan rahbar kerak emas!”

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga eksportni o‘ylamaydigan rahbar kerak emas!”
27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksportni ko‘paytirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Kun.uz” muxbiri xabar berishicha, davlat rahbari tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida respublika, viloyat va tuman mutasaddilari eksport va import masalalari faqat oy yoki kvartal tugayotganida hisobot uchun emas, balki har kuni nazorat qilib borishlariga topshiriq berdi.

Endi mas’ul shaxslar jadval asosida piyoda yurib, joylardagi eksporter tadbirkorlar bilan uchrashib, eksportni oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqib, olib borilayotgan ishlarni nazoratga oladi.

Eksport va import bo‘yicha qilinayotgan ishlar Bosh vazir hamda Bosh prokuror rahbarligida haftada ikki marta muhokama qilinadi. Masalan, tumanlardagi ishchi guruhlar fermerlar va aholi tomorqalarida serdaromad meva-sabzavot ekinlari ekish, ularni urug‘lik, mablag‘, o‘g‘it, yoqilg‘i bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Har bir tumanda meva-sabzavotni eksport qiluvchi korxona tashkil etish ham bu boradagi muhim vazifa hisoblanadi.

“Hokimlar har kuni eksport hajmini ko‘paytirishga harakat qiladi. Eksportni ko‘paytirishni o‘ylamaydigan rahbar bizga kerak emas!”, deya ta’kidlagan prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: “Bizga eksportni o‘ylamaydigan rahbar kerak emas!”