
O‘zbekistonda muhokama uchun tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi, unda 2018 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valyutani yechib olish mexanizmini tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab jismoniy shaxslar tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida, jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartochkalariga xarid qilingan naqd xorijiy valyutani yechib olishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, shu muddatgacha chet el valyutasining oldi-sotdisi bo‘yicha amaliyotlarni bajarish va xalqaro to‘lov kartochkalaridan mablag‘larni xorijiy va milliy valyutadagi muddatli depozitlarga o‘tkazishni ta’minlaydigan, jismoniy shaxslar hisoblarini masofadan boshqarish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar