Toshkentda yana 6 ta ko‘p qavatli mashina turargohlari quriladi

Yaqin ikki yil ichida Toshkent shahrining 5 ta tumanida 6ta yangi ko‘p qavatli avtomobil turargohlari barpo etiladi. Bu haqida Toshkent shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi rahbari Asomiddin Tojievga asoslanib, “podrobno.uz” nashri xabar beradi.
Rahbarning ma’lum qilishicha, Toshkentning Chilonzor, Uchtepa, Olmazor, Yakkasaroy tumanlarida bittadan, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa ikkita shunday yangi avtomobil turargohlari quriladi.
Bu avtoturargohlarning har biri qurilishi uchun o‘rtacha 6-11 milliard so‘mdan mablag‘ sarflanishi va turargohlarning qavati 4tadan kam bo‘lmagan holda, sig‘imi 300-500 dona avtomobil hajmiga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Toshkent shahrida shunday yirik avtomobil tururjoylaridan ikkitasi mavjud bo‘lib, biri “Chorsu” bozori yaqinida bo‘lsa, ikkinchisi “Samarqand Darvoza” gipermarketi yonida joylashgan. Shuningdek, “Chilonzor buyum bozori”ga keluvchilar uchun ham ko‘p qavatli, 480 dona avtomobilni saqlashga mo‘ljallangan avtoturargoh qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing