O‘zbekistonda 2014 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 86,6 foizi ish bilan ta’minlandi

1 daqiqa o'qish8K
O‘zbekistonda 2014 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 86,6 foizi ish bilan ta’minlandi
O‘zbekistonda 2014 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 86,6 foizi ish bilan ta’minlandi

O‘zbekiston O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ma’lumotlari 2014 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra 2013/2014 o‘quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 86,6 foizi ish bilan ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmatining axborot berishicha, 2013/2014 o‘quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida har bir kollej, tuman, shahar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, shu jumladan, har bir kollej korxonalar, tashkilotlar, iqtisodiyotning turli sohalariga biriktirilgan.

Qayd etishlaricha, o‘quvchilarning muayyan korxona, tashkilotda kelgusida ularni shu joylarda ish bilan ta’minlanish maqsadida ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash haqida uch tomonlama shartnomalar (korxona, kollej va bitiruvchilar o‘rtasida) tuzilmoqda.

Kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarning olayotgangan mutaxassisliklariga mos holda ish bilan ta’minlash uchun bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqda, shuningdek, bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga, oilaviy biznesga jalb etish, ularga o‘z ishini yuritish asoslarini o‘rgatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

2014 yilda bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida tijorat banklari tomonidan bitiruvchilar uchun imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar taqdim etilgan.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?