Kuch ishlatilmaydigan usullar DXX harbiy xizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, ular ayrim hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida shunday deyiladi.
Mazkur qonunning 26-moddasiga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishida jismoniy kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, harbiy xizmatchining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda, ushbu qonunda maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud DXX harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganidan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingach, kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi