15:13 / 05.04.2018
4 223

6 aprel kuni yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

6 aprel kuni yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho‘l hududida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari
da havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland xududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 6 aprel kuni yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?