Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi, biroq uning qachon chiqarilishi aniq sanasi noma’lum. Bu haqda «Spot»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018 yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o‘tgan edi.
Mart oyi o‘rtalarida Senat 50, 100, 500 so‘m nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so‘mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma’qulladi. Biroq banknota haqida so‘z yuritilmagan.
Shu munosabat bilan Spot nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.
Javobda 2018 yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilingan.
Unda, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta’kidlanadi.
Shuningdek, regulyator javobida Markaziy bank ayni daqiqada yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma’lum qila olmasligi ta’kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma’lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi