14:22 / 03.05.2018
5 215

Ikkinchi urush qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish tadbirlari davom ettirilmoqda

Ikkinchi urush qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish tadbirlari davom ettirilmoqda
Xotir-abadiy, jasorat –mangu !

O‘tganlarni xotirlash, ularning ruhini shod etish, keksalarni e’zozlash xalqimizga xos yuksak fazilatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil

16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan sha’nini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarni moddiy rag‘batlantirilib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlar joylardagi tegishli idora, mutasaddi tashkilot
va vazirliklar tomonidan ham amalga oshirilyapti.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan mehr-oqibat, bag‘rikenglik va umuminsoniylikka qaratilgan xayriya tadbirlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari ishtirokida
ham davom ettirilmoqda.

Xususan, Prezidentimizning ko‘rsatmasiga asosan urush qatnashchilari va nogironlari yashab kelayotgan xonadonlaridagi elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi iste’moli uchun 300 ming so‘mlik to‘lovlarini amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomalar topshirilishi belgilangan.

Mazkur hujjat Byuroning joylardagi bo‘limlariga taqdim etilishi bilanoq tegishli to‘lovlar darhol amalga oshiriladi.
Davlatimiz tomonidan ajratilayotgan ushbu mablag‘lar Respublikamiz-dagi deyarli 1173 nafar urush qatnashchilari va nogironlarining xonadonlariga borib, ularning oila a’zolari davrasida topshirilmoqda.





Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ikkinchi urush qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish tadbirlari davom ettirilmoqda