15:53 / 08.05.2018
7 696

2018 yil 1 avgustdan bir qator tashkilotlar tugatiladi

2018 yil 1 avgustdan bir qator tashkilotlar tugatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik. Xujjatga qo‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilgan.

Xujjatda belgilanishicha, yangi qaror bilan 2018 yil 1 avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi:
- Davlat don inspeksiyasi;
- Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;
- Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;
- “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;
- “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2018 yil 1 avgustdan “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi tugatilsin.

Inspeksiya tugatilayotgan tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanib, tugatilayotgan tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan vazifalari, funksiyalari va vakolatlari Inspeksiyaga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan tashkilotlar xodimlarining ishga joylashtirilishini ta’minlashga ko‘maklashadi

Manba: asr.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yil 1 avgustdan bir qator tashkilotlar tugatiladi