4 444
Prezident Matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi oldidan brifing o‘tkazdi
#UzbUsa2018: Prezident Matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi oldidan brifing o‘tkazadi. Unda Komil Allamjonov chiqish qildi. Brifing Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar – ommaviy axborot vositalari vakillari!Sizlarni Vashingtonda tashkil etilgan Matbuot markazimizda ko‘rib turganimdan xursandman.
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining samolyoti Vashingtondagi “Endryus” aeroportiga qo‘nadi.
Shavkat Mirziyoyevni AQSh Davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oladi.
Bu tashrifga har ikki tomon ham katta e’tibor bilan qaramoqda. AQSh ma’muriyati O‘zbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy deb baholamoqda.Fursatdan foydalanib, sizlarga tashrifdan o‘rin olgan tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman:
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi. Keng doiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh rasmiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, shu jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu raqamlar, albatta, tashrif davomida o‘zgarishi mumkin. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shu kuni kechqurun O‘zbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi o‘tkaziladi. Bu yerda AQSh ma’muriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.
Prezidentimiz 17 may kuni Pentagonga tashrif buyurib, AQSh mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazadi.
Kapitoliyda Kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki Prezidenti bilan ham uchrashib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish bo‘yicha muzokara olib boradi.
Tashrif davomida bo‘lib o‘tadigan muloqotlar, ularning natijalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar Matbuot markazi orqali yetkazib boriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat.

Президент Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга расмий ташрифи олдидан брифингПрезидент Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга расмий ташрифи олдидан брифинг #UZBUSA2018
Опубликовано Шавкат Мирзиёев - Shavkat Mirziyoyev 14 мая 2018 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi