Henley & Partners yillik pasportlar indeksi dunyoning 200dan ortiq mamlakatlari va hududlaridagi viza qoidalarini tahlil qiladi hamda ularni vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati bo‘yicha ajratib chiqadi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Yangilangan reytingda O‘zbekiston besh pozitsiyaga ko‘tarildi va 76-o‘rinni egalladi - mamlakat fuqarolariga 59 davlatga vizasiz borish mumkin, ular orasida Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Uganda, Madagaskar va boshqalar bor.
Hindiston ham O‘zbekiston bilan 76-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu davlat fuqarolari ham vizasiz 59 mamlakatga tashrif buyurishi mumkin.
MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Ukrainada (38-o‘rin, 128 mamlakat). Undan keyin Moldova (45-o‘rin, 121ta mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 118 mamlakat) joy oldi.
Reyting yetakchisi ham o‘zgardi - endi Germaniya o‘rniga bu Yaponiya, ushbu davlat fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borishi mumkin. Ikkinchi o‘rin Germaniya va Singapurda (188 mamlakat), uchinchi: Finlyandiya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Janubiy Koreya (187 mamlakat).
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di