16:20 / 29.05.2018
4 897

30 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 may kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 30 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti