16:06 / 01.06.2018
5 161

O‘zbekistonda sayyohlar uchun yopiq bo‘lgan bir qator tabiiy obyektlar ochildi

O‘zbekistonda sayyohlar uchun yopiq bo‘lgan bir qator tabiiy obyektlar ochildi
Temurlang g‘ori. Foto: “Centralasia-adventures.com”
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi bir qator obyektlar va hududlar turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan joylar ro‘yxatidan chiqarildi, deb yozadi “Gazeta.uz” Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tayanib.

Quyidagi hududlar tashrif buyurish uchun ochildi:
  • Suffa platosidagi radioastranomiya majmuasi (RT-70) va Jizzax viloyati Zomin tumanidagi unga tutash hudud;
  • Jizzax viloyati chegarasida — Guralashsoy, Zomin sanatoriyasidan Suffa platosi orqali yo‘l va Muzbuloq qishlog‘igacha bo‘lgan Qizilmozor tabiiy hududi;
  • Qashqadaryo viloyati chegarasida — Qalasoy darasidagi Temurlang g‘ori, Toshqo‘rg‘on qishlog‘i, Qalasoy darasidagi dinozavrlar izlari, Qalasoy darasidagi sharshara, Suvtushar sharsharasi, Jovuz, G‘ilon, Kul qishloqlari, Xo‘ja Karshavar platosi, Janka ko‘li, Severseva muzligi, Hazrat Sulton ziyoratgohi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda sayyohlar uchun yopiq bo‘lgan bir qator tabiiy obyektlar ochildi