Qozog‘iston parlamenti Senati qo‘mita raisi Darig‘a Nazarboyeva boshchiligidagi parlament vakillari Janubiy Qozog‘iston viloyatining O‘zbekiston bilan chegaradosh Sariog‘och tumanida o‘zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashdi, deb xabar qildi "Sof.uz".
Ikki mamlakat parlamenti a’zolari bu yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili, kelasi yil O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bo‘lishi munosabati bilan o‘zaro do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini mustahkamlash, madaniy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Ikki mamlakat vakillari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlarning erkin kirib-chiqishini ta’minlash tartiblarini yanada yengillashtirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, Sariog‘och tumanining chegara hududida yirik savdo majmuasi tashkil qilishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda 2018 yilni O‘zbekiston yili deb e’lon qilganida, ushbu mamlakat bilan munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani va tobora yaxshilanayotganini aytgan edi. "O‘zbeklar bizga yaqin insonlar, Markaziy Osiyodagi katta mamlakat, shu bois, u davlat bilan aloqalar muhim va foydali", — degan edi Qozog‘iston rahbari.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi