O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 2 iyul kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Ushbu hujjat respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Davlat rahbari farmoniga ko‘ra, bugun, 15 iyuldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravarga oshdi.
Shu tariqa, bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
- ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;
- yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.
Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi