
«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi deb yozadi "Sof" nashri.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka tortish muddatlari qisqartirildi.
Unga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
- ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil (ilgari uch yil);
- uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil (ilgari besh yil);
- og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil (ilgari o‘n yil);
- o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil (ilgari o‘n besh yil) o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bu muddatlar barcha toifadagi jinoyatlar uchun yigirma besh yil edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar