
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Toshkentda mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy saytida xabar berildi.
Uchrashuv chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari umumiy kun tartibining asosiy masalalarini muhokama qilgan hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar borasida fikr almashildi.
Suhbatda ikki tomonning ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada oshirish uchun mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish borasida birgalikda ishlashga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Vazirlar O‘zbekiston rahbarining kuzda Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlarini ham ko‘rib chiqqan.
Uchrashuvda Hindiston elchisi Vinod Kumar ham ishtirok etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar