5 012
Oʻzbekiston inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi
Norvegiya, Shveysariya, Avstraliya, Irlandiya va Germaniya inson taraqqiyoti eng yuqori darajada boʻlgan davlatlar deb topildi. Bu haqda BMTning Taraqqiyot dasturi boʻyicha maʼruzasida maʼlum qilindi.
Reytingda inson taraqqiyoti eng yuqori darajada boʻlgan mamlakatlar guruhiga 59 mamlakat kiritildi. Ular orasida Rossiya (49-oʻrin), Belarus (53-oʻrin) va Qozogʻiston (58-oʻrin) ham bor.
Oʻzbekiston 105-oʻrin bilan inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar guruhidan joy egalladi. Shuningdek, Ozarbayjon (80-oʻrin), Armaniston (83- oʻrin), Ukraina (88- oʻrin) va Turkmaniston (108-oʻrin) ham mazkur guruhga kiritildi.
Moldova va Tojikiston esa inson taraqqiyoti oʻrtacha darajadagi davlatlar guruhiga kiritildi.
Reytingning oxirgi oʻrinlarida Niger, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Chad va Burundi joylashgan.
189 mamlakat oʻrin olgan reytingda AQSH 13, Rossiya 49-pogʻonada.
Davlatlar reytingini belgilashda kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi, taʼlim olish davomiyligi va jon boshiga yalpi milliy daromad asosiy koʻrsatkichlar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, ijtimoiy muhofaza darajasi, aholi salomatligi va madaniy rivojlanishi, gender tengligi, jinoyatchilik, atrof-muhit muhofazasi, fuqarolarning qarorlar qabul qilinishidagi ishtiroki kabi koʻrsatkichlar ham hisobga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi