Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining forma kiyimlari va ajratish belgilari namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018 yil 19 dekabrdagi №737-sonli qarori qabul qilindi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining forma kiyimlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PQ–2800 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi №310-sonli qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorlar ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining yagona mundirlash namunasini yaratish maqsadida ularning forma kiyimlari ham ajratish belgilarni tasdiqladi.
Hukumat qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi forma liboslarini tikish uchun milliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻrnatilgan tartibda tanlov (tender) savdolari oʻtkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi