
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 sentyabr kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar