Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Eddi Shapira hamda Oʻzbekistonning Isroildagi turizm elchisi Xay Davidov mamlakat turistik salohiyatini targʻib qilish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida boʻlishdi. Tomonlar Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari va 2019 yilga rejalashtirilayotgan tadbirlarni muhokama qilishdi.
Isroil tomon Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlum qilish barobarida Ozarboyjon va Gruziyaga turistik oqimni oshirishga doir muvaffaqiyatli keyslarni namoyish qilishdi.
Xay Davidov oʻzbek va isroillik kinematografistlar hamkorligida qisqa videoroliklar va badiiy filmlar olishni taklif qildi. Shuningdek Oʻzbekistonda turizmni ommalashtirish uchun Isroilning turli shaharlarida bir necha tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilmoqda. U Oʻzbekistondan chiqqan boʻlib, Oʻzbekistonning Isroildagi birinchi turizm elchisi etib tayinlangan. Shuningdek u Isroildagi Buxoro “Xanda-Xanda” teatri asoschisi hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, 2017 yilda ilk toʻqqiz oyda birinchi marta 2995 nafar isroillik Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, 2018 yilda esa bu koʻrsatkich 7586 nafarni tashkil qildi. Bu 2018 yilning 10 fevralida Isroil fuqarolari uchun joriy qilingan 30 kungacha muddatga vizasiz rejimning joriy qilinishi natijasidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?