O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 33,085 million kishini tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, aholi soni yil boshiga nisbatan 428,5 min kishiga yoki 1,3 foizga o‘sgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,728 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16,357 million kishini (49,4 foiz) tashkil etdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3,777 million kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni) va Farg‘ona viloyatida 3,665 million kishini (11,1 foiz), aksincha, eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kishini (2,5 foiz) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kishini (2,9 foiz) tashkil etdi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2 foizni, Samarqand viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 2,0 foizni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9 foizni va Toshkent shahrida 1,8 foizni, aksincha, eng kam o‘sish sur’ati Toshkent viloyatida 1,2 foizni, Qoraqalpog‘istonda 1,4 foizni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan