date

Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Yangi yil tantanalari boshlandi

Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Yangi yil tantanalari boshlandi

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami tantanalari boshlandi. Bu haqda 28 dekabr, yakshanba kuni O‘zA xabariga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

O‘zAning qayd etishicha, bu yilgi bayram shodiyonalarini tashkil etishda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, «O‘zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Toshkent shahar hokimligi, «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasining hissasi katta bo‘ldi.

Maydondagi ulkan sahnada O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari ijrosida “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda.

Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasining ansambl va xonandalari, teatr va sirk san’ati ustalari, taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilar, O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining talabalari o‘zlarining rang-barang musiqiy dasturlarini taqdim qilmoqda.

Nasriddin Afandi, Shum bola, Egri va To‘g‘ri, sehrli shamchiroq egasi Oloviddin, mehnatsevar Zumrad va erka Qimmat ishtirokidagi tomoshalar bolalarga bir olam quvonch, unutilmas taassurot ulashmoqda.

Maydondagi 70ga yaqin attraksion, 50ka yaqin savdo shoxobchasi bayramni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun xizmat qilmoqda.

Ayni paytda Toshkentning boshqa madaniyat va istirohat bog‘lari, maydon va xiyobonlarida ham Yangi yil tantanalari barchani chorlamoqda. Ko‘tarinki kayfiyat, iliq xotiralar ulashgan bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Yangi yil tantanalari boshlandi