date

Toshkentda aylanib yurgan qashqadaryolikning telefonini olib qochgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Toshkentda aylanib yurgan qashqadaryolikning telefonini olib qochgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi 28 yoshli erkak Toshkent shahrining Mirobod tumani ko‘chalarida sayr qilib yurgan vaqtda nomaqbul holatga duch keldi, bu haqda «Na postu» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Uning oldiga taxminan o‘zi bilan tengdosh yigit kelganda, dastlab mehmon unga salom bergan. Biroq noma’lum shaxs alik olishga shoshilmay, aksincha uning qo‘lidagi telfonini olib qochgan.

Jabrlanuvchi voqea haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan. Huquq muhofazachilari tomonidan qo‘lga olingan jinoyatchi Toshkent shahrida yashovchi 27 yoshli erkak ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda aylanib yurgan qashqadaryolikning telefonini olib qochgan jinoyatchi qo‘lga olindi