Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari bu ishni Qoraqalpog‘istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi. Taklifni barcha katta xursandchilik bilan qo‘llab-quvvatlagach, Prezidentimiz soha mutasaddilariga bu bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Kelgusi yili Qoraqapog‘istonda 2 ming 400 o‘rinli 7 ta maktab qurilishi, maktabgacha ta’lim va sog‘likni saqlash tizimlaridagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi a’zolari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Videoselektor orqali uni shahar va tumanlarda keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi