O‘zbekiston va yana 25 mamlakat BMT Bosh assambleyasining uchinchi qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan «Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahrida (Ukraina) inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat» yangilangan rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Ukrainaning BMT huzuridagi missiyasi Twitter’dagi sahifasida xabar qilgan.
Jami 67 mamlakat rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi, 82tasi betaraf qoldi va 26tasi qarshi ovoz berdi.
Xususan, Armaniston, Belarus, Boliviya, Burundi, Kamboja, Xitoy, Kuba, KXDR, Eritreya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Myanma, Nikaragua, Rossiya, Serbiya, JAR, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tojikiston, Uganda, O‘zbekiston, Venesuela, Zimbabve qarshi ovoz berdi.
Qo‘mitada ovoz berilganidan so‘ng, loyiha BMT Bosh assambleyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ovoz berish joriy yilning dekabr oyida kutilmoqda.
Kuni kecha ma’qullangan rezolyutsiya loyihasida, xususan, Kremlning ukrainalik siyosiy asirlari nomi ko‘rsatilgan.
Ukraina tomoni ishlab chiqqan rezolyutsiya matnida aytilishicha, Qrimda diniy ozchiliklarga nisbatan «bosim kuchayib borayotgani» kuzatilmoqda. Uning mualliflari fikricha, ozchiliklarga «politsiya reydlari», shuningdek, «tahdidlar va ta’qiblar» orqali bosim o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti