4 478
Cobiq SSSR hududida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston va Ukraina sobiq SSSR hududida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarda Tojikiston hamda Belarus. Bu haqda Belarus ommaviy axborot vositalari statistik maʼlumotlar tahliliga asosan xabar bermoqda.
2018 yil yanvar-oktyabr oylarida sobiq SSSR hududida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha Oʻzbekiston (9,5%), Ukraina (7,4%) va Tojikiston (4,5%) “yetakchiga” aylandi. BelaPAN tomonidan oʻtkazilgan milliy statistika organlari maʼlumoti tahliliga koʻra, 10 oy yakunlari boʻyicha Belarusda narxlar 4,2%ga oshdi.
Pastroq inflyatsiya darajasi Estoniya (4,1%), Qozogʻiston (3,7%), Latviya (3,1%), Rossiya (2,9%), Litva (2,7%), Gruziya (0,4%) va Ozarboyjonda (0,2%) kuzatildi.
Armanistonda narxlar 0,7 foizga, Qirgʻizistonda 0,9 foizga pasaygan. Turkmaniston boʻyicha faqat yilning birinchi yarmi boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilindi (narxlarning oʻsishi 8,9%), Moldovada hech qanday oʻzgarish yoʻq.
Oktyabr oyida Belarusda narxlar 0,5%ga koʻtarildi. Xuddi shu koʻrsatkich Estoniyada ham qayd etilgan. Bu Ukraina (1,7%), Oʻzbekiston (1,3%), Latviya, Tojikiston (0,7%dan) va Litvadan (0,6%) keyin oltinchi oʻrin. Keyingi pogʻonalarda: Qozogʻiston, Moldova, Rossiya (0,4%dan), Gruziya, Qirgʻiziston (0,3%dan), Ozarboyjon (0,2%) va Armaniston (0,1%). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?