Foto: «TheWorldNews»
O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat ekan. Sayyohlar bu yurtda Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagidek bexavotir yurishlari mumkin, deyishmoqda 2019 yil uchun risklar xaritasini tuzgan «International SOS» hamda «Control Risks» kompaniyalari mutaxassislari.
Foto: travelriskmap.com
Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari, Afg‘onistonni istisno qilganda, «o‘rtacha risk darajasi»ga kiritildi. Xuddi shu toifa mamlakatlar qatorida, masalan, Rossiya, Hindiston, Turkiya va Isroil ham bor.
«Yuqori darajali risk» hududiga Tojikistonning Afg‘onistonga chegaradosh yerlari va Qirg‘iziston janubi kiritilgan.
Sayyohlik uchun eng xavfli mamlakatlar — Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Yaman.
Eng xavfsiz mamlakatlar — Daniya, Islandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Sloveniya, Finlyandiya va Shveysariya.
«International SOS» sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 92 mamlakatda faoliyat yuritadi. Tashkilotning yordam markazlariga kuniga 12 mingtagacha telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi