
O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) 173-a’zosi bo‘ldi. 27 noyabrda Jenevadagi navbatdagi yig‘ilishida XMT Kengashi O‘zbekistonning a’zolik arizasini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi tashkilotning matbuot xizmati.
"O‘zbekistonni XMT oilasiga qabul qilinganini mamnuniyat bilan qutlayman. Sizning mamlakatingiz qadimdan savdo yo‘llar chorrahasida joylashgan va shuning uchun ham azaldan muhojirlar qatnovi gavjum bo‘lgan hududlardan biri bo‘lgan", deydi XMT yangi bosh direktori Antonio Vitorino.
O‘zbekiston tomonidan yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari Bahodir Nizomov qatnashgan.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda bu tashkilotga eng oxirgi qo‘shilgan davlat bo‘ldi.
O‘zbekistonning tashkilot faoliyatida to‘laqonli a’zo sifatida qatnashish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani aprel oyida O‘zbekistonga kelgan XMT delegatsiyasiga ma’lum qilingan edi.
XMT vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilishda ko‘maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar