Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-7, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi