
Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, 16 dekabr kuni havo o‘zgarib turadi, harorat biroz pasayadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Tuman bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechasi +3...+5, kunduzi +5...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir, qor yog‘adi, harorat kechasi -8...+2, kunduzi -3...+2 darajaga yetadi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘adi, harorat kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechasi +2...+7, kunduzi +5...+10 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar