Yaqin kelajakda O‘zbekiston yana 22 davlat uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.
«Hujjat loyihasi bor, u hozirgi vaqtda muhokama hamda muvofiqlashtirish jarayonida turibdi. Unga ko‘ra, vizasiz davlatlar soni 22 taga oshishi kerak, ya’ni hozirgi 18 ta davlatdan ro‘yxat 40 tagacha ko‘payishi lozim. Tabiiyki, buni faqatgina Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi hal qilmaydi. Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralar yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtiruv davom etmoqda», - dedi Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 10 oyida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 2 barobar oshib, qariyb 4,4 million kishini tashkil etdi. 2018 yilda 9 ta mamlakat fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz rejim bunda katta o‘rin tutdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi